12:48 / 30.12.2015
13396

Namanganning yangi hokimi "Navbahor" jamoasi prezidentini va bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovni ishdan bo‘shatdi

Namanganning "Navbahor" jamoasi bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov iste'foga chiqarilgani, uning o‘rniga Rashid G‘ofurov tayinlangani haqida ma'lum qilindi.

"Bundan biroz vaqt oldin “Navbahor” futbol klubida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda klub boshqaruv organida o‘zgarish ro‘y berganligi ma'lum qilindi.

Namangan viloyat hokimining 29 dekabrdagi farmoyishiga asosan klub prezidenti sifatida faoliyat olib borgan T.Dadabayev, vitse-prezident vazifasini bajargan R.Nizambayev va jamoa bosh murabbiyi B.Ashurmatov o‘z vazifalaridan ozod etilishdi. Klub prezidenti vazifasi Namangan shahar hokimi B.Bekxodjayev zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, vitse-prezidentlik vazifasini O.Qosimov bajaradigan bo‘ldi. Jamoa boshqaruvi esa R.G‘ofurov zimmasiga yuklatildi.

Yig‘ilishda klub xodimlari, murabbiylar, xizmat qiluvchi xodimlar va asosiy va yoshlar tarkibi futbolchilariga klubda faoliyat olib boradigan yangi rahbariyat tarkibi tanishtirildi. Shu bilan birgalikda, 2016 yilning 2 yanvar sanasida jamoa a'zolari bilan viloyat hokimi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tishi ham ma'lum qilindi. Tadbir davomida kelgusida jamoa asosini mahalliy futbolchilardan tashkil etishga e'tibor qaratilishi ham e'tirof etildi. “Navbahor” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikning 2016 yilning 4 yanvaridan boshlaydi. Rashid G‘ofurov boshchiligidagi murabbiylar shtabi esa keyinroq tasdiqlanadi", deyiladi jamoa rasmiy sayti xabarida.

Namangan viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Baxtiyor Ashurmatov: "Navbahor"ga Roman Abramovichni taklif qilish kerak

Namangan viloyatidagi yana bir tuman hokimi o‘zgardi

Namangan viloyati IIBning yangi boshlig‘i tayinlandi

Top