«Liverpul» jamoasining sobiq senegallik futbolçisi El-Xaji Diuf sobiq jamoadoşlari Jyeymi Karrager va Stiven Jyerrard haqidagi öz haqiqatlarini aytib ötdi.

"Men Rojdestvo bilan tabriklaşni eng kam darajada istaydigan odam bu Jyeymi Karragerdir. Uni juda yomon köraman. Uni maydondagi ulkan kurkaga öxşatardim. Men uni umuman befoyda futbolçi sifatida bilaman.

Stiven Jyerrard esa jamoa uçun muhim öyinçi edi. Uni jamoa afsonasi ham deyişadi. Lekin u öta xudbin futbolçi edi. Hamma ham uni yaxşi tanimaydi, faqat futbol protokollaridan bilişadi uni", deydi senegallik futbolçi Fransiyadagi So Foot naşriga bergan intervyusida.

Bunga javoban Jyeymi Karrager bosiqlik bilan munosabat bildirgan.

"Bu har holda "eçki" deyişlaridan yaxşiroq. Menga avval ham köplab laqablar töqişgan", deya yozgan Karrager öz tvitterida.

Ma'lumot uçun, 2002 yilgi Jahon çempionatidagi iştirokidan keyin Diuv «Liverpul» safiga kelib, 2005 yilgaça şu jamoada öynagandi. U jami 55ta öyinda maydonga tuşib, 3ta gol urgan.