"Real" jamoasining sobiq hujumçisi Ronaldo biroz oldinroq italiyalik mutaxassis Fabio Kapello tomonidan özi haqida bildirilgan tanqidiy fikrlarni e'tiborsiz qoldirişni istamadi.
Bundan oldinroq, Fabio Kapello "Söyloqtiş" laqabi bilan tanilgan uşbu sobiq futbolçini öz vaqtida "Real" jamoasining içki muhitiga salbiy ta'sir körsatganini ta'kidlab ötgandi. U Ronaldo ketgaç, "Real"ning işlari yaxşilana boşlagani haqida aytgandi.
2006 yilda Ronaldo Madridni tark etib, "Milan"ga ötgaç, "Real" Kapello boşqaruvida Ispaniya çempioni bölgandi.
Ronaldo esa unga javoban, bu murabbiy ötgan asrning 90-yillaridagi uslublarni jamoaga singdirmoqçi bölganini, şuning uçun ikki tomon kelişa olmaganini aytgan.
"Kapello öz vaqtida kuçli murabbiy edi. U 90-yillarda eng yaxşilardan biri bölgan. Lekin u "Real"ga kelib eskirgan usullarni qöllamoqçi böldi. U futbolçilarda öyinga iştiyoq uyğota olmasdi. Afsus, u öz usullariga sodiq qoldi va 2007 yildan keyin bironta jamoa bilan yutuqlarga erişa olmadi", deya futbolçining sözlaridan iqtibos keltiradi Folha naşri.
Kapello: Ronaldo ketgaç, «Real»ning işlari yaxşilana boşlagandi






