Bugungi kunda GSM va CDMA tarmoqlarida mobil aloqani taqdim etuvçi Özbekistondagi yagona operator bölmiş UZMOBILE Yangi yilga xuş kayfiyat tilab, ezgu niyatlar bilan yangi aksiyalar haqida e'lon qildi.

Bayram arafasida UZMOBILE mobil aloqa milliy operatori CDMA-450 standartiga ulanayotgan abonentlarga “Yangi Yilga UZMOBILE bilan” aksiyasini taqdim etmoqda.

Bu aksiyaga köra joriy yilning 30 dekabridan 2016 yilning 29 fevraliga qadar jismoniy şaxslar uçun “Statsionar-500”, hamda yuridik şaxslar uçun “Korporativ-500” tarif rejalariga yangi ulangan abonentlar 2016 yil 29 fevraliga qadar sifatli aloqadan abonent tölovisiz foydalana olişadi. Mijozlarga qulayliklar yaratiş maqsadida, “Özbektelekom” AK sotuv va xizmat körsatiş ofislarida CDMA standartida işlaydigan bir qator mobil, hamda statsionar telefonlarni xarid qiliş imkoniyati ham mavjud.

CDMA standartida aloqa - sifatli, işonçli, keng tarmoqli, xavfsizligi yuqori darajada bölişi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda respublikamiz hududi böylab yuz minglab abonentlar UZMOBILE CDMA standarti aloqasiga öz işonçini bildirib kelmoqda. Mobil aloqa milliy operatori CDMA-450 standarti mobil aloqasi bilan qamrab oliş darajasi 85 foizni taşkil etib, hatto olis aholi punktlarini ham qulay, sifatli va işonçli aloqa bilan ta'minlab kelmoqda.

UZMOBILE abonentlarga raqobatbardoş statsionar va mobil telefonlarga möljallangan tariflar va turli xizmatlar, ya'ni: çaqiriqlarni boşqa manzilga yöllaş, uç tomonlama qönğiroq (konferensaloqa), ovozli poçta (VMS), qisqa xabarlar xizmati (SMS), mobil Internet, virtual xususiy tarmoq (VPN), xalqaro muqobil qönğiroqlar, qisqa raqamlar, gudok örniga musiqa va boşqa xizmatlarni taqdim etib kelmoqda.

Ma'lumot uçun: CDMA (inglizça Code Division Multiple Access) – uzatiş kanallari umumiy çastotaga ega bölgan aloqa uzatiş texnologiyasidir. CDMA standarti tarmoğining afzalliklaridan biri, bu uzatiş kanallaridagi xavfsizlikning yuqori darajada bölişi hisoblanadi. CDMA standartida işlaydigan telefonlar “Özbektelekom” AK xizmat körsatiş ofislarida sotuvda mavjud.