Şveytsariyaning “Bazel” klubi yarim himoyaçisi Muxammad El-Nenni Londonning “Arsenal” jamoasida tibbiy körikdan ötdi. Bu haqda The Guardian ma'lumot tarqatdi.
Endi misrlik bu futbolçi Angliyada işlaş huquqini qölga kiritişi zarur. El-Nennining transferi 10 million yevroga baholanmoqda.
23 yoşli futbolçi jiddiy jarohat orttirib olgan Fransis Koklenning örinbosari bölişi kutilmoqda.
Joriy mavsumda El-Nenni Şveytsariya çempionatining 16ta öyinida maydonga tuşib, 2ta golga mualliflik qilgan.
"Arsenal"ning qişki transferlar vaqtida sotib oladigan ilk futbolçisi haqida ma'lum qilindi






