2016 yilning 1 yanvaridan boşlab Germaniya Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotiga (YeXHT) raislikni rasmiy ravişda Serbiyadan qabul qilib oldi.

“GFRning YeXHTdagi raisligidan umid katta. Ammo hozirgi beqaror davrda bu vazifani qay darajada uddalay olişimizni heç kim aytib bera olmaydi”, - deydi Germaniya Taşqi işlar vaziri Frank-Valter Ştaynmayyer.

Vazir GFRning raisligi vaqtida manfaatli muloqotlar ötkaziş orqali, taşkilotga a'zo davlatlar xavotir olayotgan masalalarni hal etişda faollik körsatişini ta'kidlagan. Xususan, Minsk kelişuvi doirasida Ukrainada öt oçiş töxtatilayotganini Berlin ijobiy baholaşini, ammo yakuniy natijasi qanday tugaşiga kafolat yöqligini bildirgan.

YeXHT dunyoda xavfsizlikni ta'minlaş böyiça savollarni hal qiliş bilan şuğulanadigan hududiy taşkilot. Bu taşkilot Şimoliy Amerika, Yevropa va Markaziy Osiyodagi 57 davlatni birlaştirgan. Bu taşkilot taşkil etilgan 1973 yilda öz tarkibida 33 davlatni birlaştirgandi. Taşkilotning barça a'zolari teng huquqli a'zolar hisoblanadi.