Özbekiston xalq artisti, oliy toifali suxandon Abdumömin Ötbosarov yangi yilning ilk kunida vafot etdi. Bu haqda uning hamkasbi Muslimbek Yöldoşev özining feysbukdagi sahifasi orqali ma'lum qilgan.

"Azizlar, qadrdonlar. Mening döstim, qadrdonim, yurtimizning jafokaş bir sanatkori - Özbekiston xalq artisti, oliy toifali suxandon Abdumömin Ötbosarov 56 yoşida tösatdan olamdan ötdi. Yaqinlariga çiroyli sabr söraylik, biladiganlarimiz esa uning haqqiga ikki kalima Qur'on tilovat baxşida qilaylik... Olloh, özing rahmatingga ol!..", deya yoziladi manbada.

Qayd etiş kerakki, u 31 dekabr oqşomida prezidentning Yangi yil tabrigini öqib eşittirgandi.

Ma'lumot uçun, Ötbosarov Abdumömin Abdumajitoviç 1960 yilning 24 aprelida tuğilgandi. Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, oliy toifali diktor Abdumömin Ötbosarov Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Özbekiston» teleradiokanali diktori sifatida faoliyat körsatib kelayotgandi.

Prezidentning Özbekiston xalqiga yöllagan Yangi yil tabrigini öqib eşittiriş uning xizmat faoliyatidagi eng sönggi iş bölib qoldi.

Kun.uz tahririyati mahrumning yaqinlariga ta'ziya bildiradi.