"Lester" jamoasi boş murabbiyi Klaudio Raneri jamoaning APL ikkinçi davrasidagi maqsadlarini aytib ötdi.
"Ikkinçi davrada ham muvaffaqiyatli öynaşga harakat qilamiz. Mavsumning birinçi yarmida 39 oçko töpladik. Şuning uçun ikkinçi davrada bir oçko köproq, ya'ni 40 oçko jamğarişga urinib köramiz. Agar maqsadimizga erişsak bundan juda xursand bölaman.
Mavsum boşida biz Premer-ligada jon saqlaş haqida gapirgandik. Endi esa barqaror öyin körsatişda davom etiş haqida öylayapmiz.
Siz "APL çempionligi haqida öylaş vaqti kelgani" haqida aytişingiz mumkin. Ammo biz har bir öyindan keyin faqat oldindagi öyinda natija körsatiş haqida öylaymiz. Boşqa jamoalar öz oldiga mavsum oldidan çempionlik vazifasini qöygan bölişlari mumkin.
Biz esa peşqadamlikni saqlaş va mavsumni yuqori poğonalarda yakunlaş haqida öylaymiz. Bizning falsafamiz şunday", - deydi italiyalik mutaxassis.
Eslatib ötamiz, "Lester" birinçi davra öyinlaridan keyin 39 oçko töplagan holda faqat töplar nisbati böyiça turnir peşqadami "Arsenal"dan keyingi ikkinçi örinda joylaşgan.






