2 yanvar, şanba kuni, soat 13:37da Toşkent şahrida navbatdagi yer qimirlaşi kuzatildi.

Silkiniş haqida hozirça biror rasmiy ma'lumot e'lon qilinmadi.

Toşkentda soat 13:37da sezilgan zilzila kuçi taxminan 2 ball böldi.

Kunning şu vaqtida Afğonistonning Hindukuş viloyati hududida, Tojikistonning Duşanbe şahridan 296 km, Afğonistonning Fayzobod şahridan 72 km masofada 5,2 balli yer silkinişi qayd etilgan. Bu zilzila markazi 172 km çuqurlikda bölgan.

Eslatib ötamiz, bugun ertalab Xitoyning şimoli-şarqida joylaşgan Xeyluntszyan viloyatida 6,4 magnitudali zilzila yuz bergandi.