Eng arzon – “Bajaj Qute”. Hindistonning “Bajaj Auto” firmasi mahsuloti Hindistonning yana bir avtomobili “Tata Nano”dan eng arzon avtomobil unvonini tortib oldi. Içki bozorda yangi maşina deyarli ikki ming dollarga tuşadi («Nano» – kamida uç ming dollarga).

“Bajaj” yangi mahsulotini dunyoning 16 mamlakatiga eksport qilişni rejalaştirmoqda.

Eng qimmat – “Ferrari 290 MM”. 

2015 yilning eng qimmat maşinasi 1956 yilda “Formula-1”ning beş karra çempioni Xuan-Manuel Fanxio uçun işlab çiqarilgan “Ferrari 290 MM” poyga avtomobili böldi. U “RM Auctions” auksionida 28,05 million dollarga sotildi. 

“290 MM” modelida atigi tört dona maşina çiqarilgan bölib, u dunyodagi eng qimmat maşinalar orasida ikkinçi örinni egalladi: birinçi örinda 1962 yilda işlab çiqarilgan “Ferrari 250 GTO Berlinetta” turadi. U 2014 yil avgustida “Bonhams” auksionida 38,115 million dollarga sotilgan.

Eng drifter xot-xetç – “Ford Focus RS”. 

Yangi “Focus RS” töliq tortuvçi va eng tezyurar “RS” modelidir. Drift-rejim barça ğildiraklarga tortiş kuçini teng taqsimlab beradi. 

“Focus RS”ni 350 ot kuçiga ega turbo motori harakatga keltiradi (4,7 soniyada tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi). 

Eng "qaynoq" xetçbek – “Mercedes-AMG A45”. 

2015 yilda A-klassidagi “AMG-versiya” dunyodagi eng kuçli xot-xetç nomini qaytarib oldi – ikki litrli turbomotor yangilanişdan söng 381 ot kuçiga ega böldi. Maşina 4,2 soniya içida soatiga 100 kilometr tezlikka çiqadi.