“Omad bir neça omadsizlik natijasida keladi, deb hisoblayman. Muvaffaqiyatimizning bir foizi omad, qolgan töqson töqqiz foizi esa omadsizlikdir”.

Soitoro Xonda. “Honda” kompaniyasi asosçisi.

Muvaffaqiyatning yagona yöli — taslim bölmaslikdir. Inson omadsizlikka uçradimi, darrov harakatga tuşişi va buni maksimal darajada qilişi lozim.

1. Tirik ekansiz, barçasini uddalaş mumkin. Ölim — taslim böliş uçun yagona bahona böla oladi. Tirik ekansiz siz uçun hadsiz-hisobsiz imkoniyatlar omili mavjud. Ulardan foydalanib, maqsadingizga yeting.

2. Hayotga real köz bilan qarang. Barça iş ham bir urinişda hal bölavermaydi. Buni tuşuning. Bu degani qölni yuvib qöltiqqa artiş degani emas. Xatolar, yanglişişlar böladi va işoning, bularning bari sizning foydangizga. Faqat buni köra biling.

3. Siz özingizga baho berganga qaraganda kuçli odamsiz. Közga körinmas mayda muammolar sizni töxtatib qolmasin. Kerak bölsa ön, yuz va hatto ming martalab omadsizlikka uçragan taqdiringizda ham aslo taslim bölmang.

4. Özingizni doim tergab turing. Mas'uliyatni olişdan sira qörqmang. Hammasi yaxşi böladi. Bu qaytanga özingizga bölgan işonçning ortişiga sabab böladi. Kamtarlik yaxşi hislat, albatta. Lekin hamma joyda emas.

5. Buni ham inson bolasi qilgan-ku!” Ha, töğri. Şu sabab siz ham uddasidan çiqasiz!

6. Amalga oşira olmasligingizni ta'kidlaşsada, baribir orzularingizga işoning.

7. Yon-atrofdagilaringizga suyaning. Şunda quvvat yanada oşadi. Yarim yölda taşlab qöymaydigan tanişlarning bölişi, faqat muvaffaqiyatga olib boradi.

8. Yodingizdan çiqmasin! Hayotda sizning ahvolingizdan battarroq va sizga havasi keladigan insonlar son minglab topiladi. Millionlab odamlarga qiyin, lekin ular taslim bölişmayapti. Ular kuraşişda davom etişayapti.