Madridning "Real" klubi Ispaniya çempionati 18-turida "Valensiya"ga qarşi keçgan bahsda ğalaba qozonişning uddasidan çiqa olmadi.
Lekin madridliklar bir kişi kam bölib qolgan holda 2:2 hisobidagi durangga erişa olişdi.
"Real" safida gollar Karim Benzema (16) va Garet Beyl (82) hisobiga yozilgan. Mezbonlar safida esa Daniel Parexo (45) va Pako Alkaser (83) gol urişgan.
Uçraşuvning 68-daqiqasida "Real" safida Kovaçiç maydondan çetlatilgan va jamoa bitta kam bölib öyinni yakunlaşga majbur bölgan.
Şu tariqa "Real" bir oçkoga ega böldi va jadvalda "Barselona"dan ötib ketiş imkonini yöqqa çiqardi. Madridliklar 37 oçko bilan uçinçi örinda, "Barselona" esa 1 öyin kam ötkazgani holda 39 oçko bilan ikkinçi örinda. Turnir jadvalida 41 oçkoga ega bölgan "Atletiko" peşqadamlik qilmoqda. "Valensiya" esa 23 oçko bilan 10-poğonaga joylaşgan.
Ispaniya çempionati, 18 tur
"Valensiya" – "Real Madrid" 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 16 Benzema, 1:1 – 45, penalti Parexo, 1:2 – 82 Beyl, 2:2 – 83 Pako Alkaser.
"Valensiya" – Domenek, Aderlan Santos, Abdennur, Orban (Rodrigo, 80), Joau Kanselu, Danilo, Parexo (Negredo, 84), de Paul (Xavi Fuego, 87), Andre Gomeş, Barragan, Pako Alkaser.
"Real Madrid" – Navas, Pepe, Marselo, Danilo, Ramos, Modriç, Kroos, Kovaçiç, Beyl, Ronaldu, Benzema (Vaskes, 67).
Ogohlantirişlar: Pepe (45), Barragan (57).
Çetlatişlar: Kovaçiç (68).






