“Darakchi” naşrining Yangi yil sonida keltirilgan köplab reytinglar bilan öquvçilarimizni taniştirib bormoqdamiz. Quyida qöşiqlar va qöşiqçilarga bağişlangan navbatdagi reyting natijalarini keltirib ötamiz. Unda turli nominatsiyalar böyiça saralangan ijodkorlar va ularning ijod mahsullari örin oldi. Eslatib ötamiz, barça reytinglar Darakchi.uz saytida muxlislar örtasida ötkazilgan sörovnoma natijalariga asoslandi.
“Yilning eng xalqona konsert dasturi” deb Ozodbek Nazarbekovning konserti deb tan olindi. Kuçli uçlikka Alişer Fayzning “Dilga yaqin”, Uluğbek Rahmatullayevning “Yoşlik qaytmaydi” nomli konsert dasturlari kiritildi.
“Yilning eng zör kliplari” sifatida “Bojalar” guruhi va Şahzoda ijrosidagi “Maqtançoq” qöşiğiga işlangan videoklip e'tirof etildi. Undan keyingi natijalar Bahrom Nazarovning “Pari-pari”, Gulsanam Mamazoitovaning “Huştak” kliplari tomonidan qayd qilindi.
Buning aksi bölmiş nominatsiyada (“Yilning eng ma'nisiz kliplari”) birinçilikni Kaniza heç kimga bermadi: uning “Gözal” nomli qöşiği va videoklipi sörovnoma iştirokçilari tomonidan bir ovozdan eng ma'nisiz ijod mahsuli deb topildi. Keyin örin “sohib”lari: yoş xonanda Zamirning “Sen, sen” hamda Manzuraning “Lazgi” deb nomlangan kompozitsiyalariga işlangan kliplar.

Videokliplarda çiqqan juftliklar ham baholandi. Naşrga işonadigan bölsak, Alişer Fayz va Parizoda “Raşk qilasanmi?” qöşiğining klipidagi ijrolari uçun “Klipda yilning eng munosib juftligi” deb topilgan bölsa, Sardor Mamadaliyev va Anastasiyalarning “Könglimda bir yor” klipida ijro etgan rollari muxlislarga ma'qul tuşmadi va ular “Klipda yilning eng nomunosib juftligi” deb hisoblandi.







