"Real" jamoasining sobiq futbolçisi Devid Bekhem özining sobiq jamoadoşi Zinedin Zidanning "Qirollik klubi"ga boş murabbiy sifatida tayinlanganiga öz munosabatini bildirib ötdi.

"Bundan yaxşiroq qaror böladimi? Öz öyinlari orqali barçaning mehrini qozongan inson "Real"ni boşqarişi — bu juda yaxşi.

Zidan iştiyoqli inson. U heç qaçon mağlub bölmagan.

Futbolda katta tajribaga ega bölgan murabbiy jamoani qabul qilib oldi. Öylaymanki, u özining yangi lavozimida maroq bilan işlaydi. Uşbu lavozimga eng yaxşi nomzod", – deya yozdi Bekxem özining Instagram`dagi sahifasida.