Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon özining Saudiya Arabistoniga rasmiy taşrifi doirasida 5 yanvar kuni Makka şahrida böldi. U yerda Tojikiston rahbari rafiqasi bilan birgalikda va ayrim qarindoşlari qurşovida Umr amallarini ado etdi.

Tojikiston prezidenti matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, Emomali Rahmon qarindoşlari bilan birgalikda Ka'baga kirib, ikki rakaat namoz öqigan. Duosida u öz davlatiga va xalqiga farovonlik va baxt tilagan.

Şundan söng ziyoratçilar Zamzam buloğiga yöl olib, uning suvlaridan içişgan, Safo toğiga çiqişgan.
Emomali Rahmon törtinçi marta Hajni ado etişi. Birinçi bora u Ka'bada Saudiya Arabistoni qirolining ruxsati bilan 2005 yilning 5 dekabr kuni bölgan edi.