“Jizzax” maxsus industrial zonasida yangi korxona – “Diamond karpet” mas'uliyati çeklangan jamiyatining gilam va gilam mahsulotlari işlab çiqariş fabrikasi iş boşladi, deb xabar beradi ÖzA.
Korxona yiliga 3 ming tonna polipropilen ip va 1,2 million kvadrat metr gilam işlab çiqariş quvvatiga ega.
Yangi korxona xorijdan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar, jumladan, polipropilen ip işlab çiqariş va gilam töqiş dastgohlari bilan jihozlandi. 20 yangi iş örni yaratildi. Ayni paytda kasb-hunar kollejini bitirgan yoşlardan taşkil topgan korxona işçilari tomonidan rangdor gilamlar töqilmoqda.
Mutasaddilarning ta'kidlaşiça, 2015 yilda “Jizzax” maxsus industrial zonasida 9 sanoat korxonasi faoliyat boşlagan. 2016 yilda bu boradagi işlar davom ettirilib, 10 dan ziyod turli xil maişiy rözğor buyumlari işlab çiqaruvçi korxonalar işga tuşirilişi rejalaştirilgan.






