Las-Vegasdagi CES-2016 körgazmasida hid orqali uyğotuvçi budilnik namoyiş etiladi.
Sensorwake dasturçilari uyqudan uyğotişning noodatiy yölini taklif qildi. Ularning taklifiga köra, endilikda ertalablari uyğoniş uçun qattiq tovuşlar va çinqiriqlar talab etilmaydi. Yangi budilnik okeanlar, jungli örmonlari, kofe, şokolad, yalpiz yoki hatto dollarning ötkir hidini taratiş orqali uyğotadi.
Budilnikdagi kukunlar hidi heç qanday kimyoviy reaksiyaga olib kelmaydi. Agar hid 3 daqiqa içida uyğota olmasa, budilnik ovoz çiqara boşlaydi.
SensorWake hidli budilniklari loyihasi 18 yoşli fransiyalik tadbirkor Giyom Rollan tomonidan işlab çiqilgandi. Bunday budilnik kartrij orqali işlaydi va bir marta 7,5 dollar evaziga quyilgan kartrij 2 oyga yetişi mumkin. Budilnikning narxi 65 dollarga yaqin bölişi aytilgan.
Mahsulot hozirça buyurtmaçilarga taqdim etilmagan, CES 2016 körgazmasidan keyin barça u bilan batafsil tanişişi mumkin.






