Hozirgi keksa avlod vakillari yaxşi bilişadi. Ötgan asrning 60-70- yillarida xonandalarning uç toifasi bölardi. Birinçi toifaga professonal xonandalar, ikkinçisiga havaskorlar, uçinçisiga “otarçi”lar kirardi.

Televideniye va radioda asosan professional xonandalar qöşiq kuylasa, onda-sonda havaskorlarga ham örin berilardi. Professionallar faqat özlarining qöşiqlarini kuylaşardi. Xatto töylarga borib qolişsa, ming iltimos bölişiga qaramay, boşqa hamkasblarining qöşiğini kuylaşni özlariga or deb bilişardi. Havaskorlar tele-radioga çiqadigan bölsa, albatta qöşiq matni va musiqasi muallifini aytişardi. Otarçilar esa kimniki töğri kelsa şuning qöşiğini aytib kun körardi.

Aynan şu toifadagilar tele-radioga yaqin yölamas, bunga özlarining ham vijdoni yöl qöymasdi. Hozir esa vaziyat tamoman aksi. Professionallarimiz ham uyalmay-netmay, ovozi yetadimi yoki yöq, özgalarning qöşiqlarini kuylamoqda. Töy-haşam kabi tadbirlarda bu işni qilişsa xafa bölmasdik. Ammo yuzingda közing bormi, demay maşhur qöşiqlarni özinikidek qilib televideniye va radioda “aylantirişmoqda”. Bu yuzdagi xolga emas, xuddi sögalga öxşab qolmoqda, şuningdek, köpçilik san'atsevarlarning e'tirozlariga ham sabab bölmoqda.

Yana bir e'tiroz. Ayol xonandalarimiz erkak xonandalar tilidan kuylanayotgan qöşiqlarni ijro etişgaça borişdi. Şu örinda Tavakkal Qodirovning “Dilbarim” qöşiğini nazarda tutayapmiz. Kamoliddin Raximovning “Nargiz” qöşiği xaqida ham şu fikrni aytiş mumkin. Şuningdek, ayollarning oyoq tirnoğidan to soç tolasigaça ta'rif berilgan “Qurbon ölam”ni ham ayol xonandalar kuylayotganiga nima deysiz?
Biror narsani qoyil qilmagan jöjaxörozlar “san'atimizning yorqin yulduzi” sifatida talqin qilinib, teleekranlar va radio tölqinlaridan tuşmayapti.

Sanat deganda aslida odam aqlini lol qiladigan asar tuşiniladi. Şunday ekan, fonogrammasiz qöşiq kuylay olmaydiganlarni “san'atimizning yorqin yulduzi” deyiş töğrimikan? Umuman, ularni yulduz deyiş neçoğlik haqiqatga yaqin? Balki, töğridan-töğri bu kabi xonandalarni osmon deyiş kerakdir. Menga qolsa, “meniki uzbekçani bilmaydi” deya intervyu beradigan, ammo qöşiq “kuylaganda” talaffuzni töğri qiladigan xonandalarni “fonondalar” degan bölardim.

Axir ularning fonogramma orqali qöşiq kuylaşi heç kimga sir bölmay qoldi-ku. Qiziqçilarimizdan biri aytgandek, alifboning hamma harflarini kompyuterga aytib çiqib, undan qöşiq yaratilayapti. Közböyamaçilik qaçondan boşlab san'at deya talqin qilinmoqda?!Bundan bir neça yil avval yoş “fonanda”lardan biri xususiy radiolardan birida çiqiş qilar ekan, maqomga töxtalib ötdi. U maqomni yaxşi körişini, özi ham goh-gohida maqom kuylab turişini aytdi. Şunda boşlovçi “maqomdan bir parça kuylab bering” dedi. Kutilmaganda “fononda” “jonon bölaman deb bunçalar kuydirasanmi... “ deya xoniş qildi.