Intel kompaniyasi Las-Vegasda ötayotgan CES 2016 körgazmasida yordamçi robotga aylana oladigan xoverbord taqdimotini ötkazdi.
Kompaniya gadjyetni Hoverboard Butler (xoverbord-eşikoğasi) deb atamoqda. Video yoziş va translyatsiya qiliş funksiyasi tufayli robot uyda xöjayin yöqligida kimlar kelganligini aniqlaşi mumkin böladi. Bunday ssenariy Intel boş direktori Brayan Krjaniçning çiqişi çoğida körsatib berildi.
Uskuna oddiy xoverbordday işlaydi, ammo korpusning yuqori qismi robot kallasiga aylanib qoladi, şundan söng gadjyet androidga öxşab qoladi. Xoverbord ovoz buyruqlari vositasida boşqariladi.
Bundan taşqari, qurilgan kameralar va Intel RealSense 3D texnologiyasi robotga xöjayinni taniş va uning ortidan yuriş imkoniyatini beradi.
Mahsulot Xitoyning Xiaomi korporatsiyasi portfeliga kiruvçi NineBot kompaniyasi hamda xoverbordlar işlab çiqaruvçi Segway bilan hamkorlikda işlab çiqildi.
Hoverboard Butler oçiq platformada işlaydi. Dasturçilar undan 2016 yilning ikkinçi yarmidan foydalanişi mumkin böladi.






