Möğuliston prezidenti Elbegdorj Tsaxiagiyn Yangi yil arafasida, 31 dekabr kuni millatga rasmiy murojaat örniga öziga xos yöl tutib, qiziqarli videorolik tayyorlab, aholiga taqdim etdi.

Möğuliston prezidentining YouTube’dagi kanalida “Mendçilgee” (salomlaşuv) deb nomlangan 5 daqiqali qiziqarli videorolik joylaştirildi.

Mazkur rolik sketçkom janridagi qisqa parodiya böliş barobarida, prezidentning bir yillik faoliyati töğrisidagi hisobotdir. Unda Elbegdorj prezident sartaroşining rolini ijro etdi. Möğuliston prezidenti obrazida esa taniqli aktyor Dorjsүren çiqdi.

“Prezident” va “sartaroş” davlat rahbarining böyi past ekanligi ustidan kinoya qiliş bilan çeklanmay, majoziy ifodalarda barça yutuqlar va kamçiliklarni ham oçib berdilar. Jumladan, “şaffof daromad” siyosatini aks ettiriş uçun “prezident” çöntagidan şaffof hamyon çiqaradi, undan olgan pulni esa “sartaroş” içi körinib turadigan şaffof seyfga taşlaydi.

Bundan taşqari, Rossiya madhiyasi sadolari ostida sartaroşxonaga “Vladimir Putin” kirib keladi, lekin unga eşiklarni adaştirib yuborgani aytiladi.
Elbegdorj sartaroşxonasidagi ayol mijoz esa Barak Obamaga işoradir.

Ayol prezident bilan selfi tuşadi, ammo öşa paytda qölini kötaradi va “prezident”ning yuzini tösib qöyadi. Ötgan yilgi sammitlardan birida suratga tuşiş çoğida Obama darhaqiqat qölini kötarib, Elbegdorjning yuzini tösib qöygan edi.