Angliyaning "Liverpul" jamoasi Serbiyaning "Tsrvena Zvezda" jamoasining yoş yarim himoyaçisi Marko Gruyiç bilan şartnoma imzoladi.

Şartnomaning barça jihatlari haqida ma'lum qilinmagan. Ammo ingliz naşrlari "mersisaydliklar" bu futbolçini 7 million yevro evaziga xarid qilişganini yozişgan.

19 yoşli bu futbolçi mavsumning ikkinçi yarmini Serbiyada ijara asosida ötkazişi va yozda jamoaga kelib qöşilişi aytilgan.

Qayd etiş kerakki, futbolçining otasi öz öğli "Liverpul"ga ötişiga qattiq qarşilik qilgan. U öğlining yoşligi tufayli Angliyaga yöl oliş orqali omadsizlikka yuz tutişidan xavotirlangan.

Ma'lumot uçun, Gruyiç "Tsrvena Zvezda" jamoasi safida 21ta öyin ötkazgan va 5ta gol urgan. U 2015 yilda Serbiya yoşlar terma jamoasi safida jahon çempioni bölgan.

"Liverpul" qişki transferlardagi ilk xaridi böyiça kelişuvga erişdi