Anbar viloyatida Iroq Harbiy Havo Kuçlari tomonidan amalga oşirilgan amaliyot natijasida IŞID tarkibida “harbiy vazir” rolini bajargan rahbar yöq qilindi.
“Iroq Harbiy Havo Kuçlari Hadis şahri yaqinidagi Anbar viloyatida amalga oşirgan aviazarbalar natijasida IŞIDning “harbiy vaziri” va u bilan birga bölgan uç nafar terrorçi öldirildi”, deyilgan Iroq harbiy qömondonlik ma'lumotlar byurosining Facebook`dagi sahifasida.
Ma'lumotlar byurosi dekabr oyi oxirida Ar-Ramadida IŞIDning "moliya vaziri" qölga olingani haqida xabar qilgan edi.
"Al-Arabiya" telekanali ma'lumotlariga köra, öldirilgan vazirning ismi Samir Muhammad Matlub al-Mahlaviy yoki qisqaça "Abu Muaz" bölgan. Xabar qilinişiça, u bilan birgalikda Iroq ğarbidagi eng közga köringan terrorçilardan biri Xadvan ar-Raviy ham yöq qilingan.
6 yanvar kuni Iroq xavfsizlik kuçlari va köngillilar aviatsiya yordamida Barvana hamda Xadita şaharlarida hujumga ötgan va IŞIDning 250 dan ziyod jangarisini yöq qilgan. Şuningdek, operatsiya davomida terrorçilarga tegişli 100 dan ortiq transport vositasi, jumladan, portlovçi moddalar bilan töldirilgan avtomobillar safdan çiqarilgan.
Iroq armiyasi Anbar viloyatida mamlakat Harbiy Havo Kuçlari, xalq laşkari jangçilari va AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya aviatsiyasi kömagida terrorçilarga qarşi harbiy operatsiyalarni amalga oşirib kelmoqda. Şu kungaça eng qattiq qarşilik körsatgan Ar-Ramadi şahrining 80 foizini jangarilardan tozalaşga muvaffaq bölingan.
Iroq harbiylari IŞID moliya vaziri hibsga olinganini ma'lum qilişdi






