Toşkent şahrida Jalol ismli fuqaro öz akasiga tegişli pullar va moddiy qimmatliklarni öğirlab ketganlikda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda “Na postu” gazetasi yozmoqda.

Aytilişiça, Jalol betartib hayot keçirgan va bir neça bor qamalib çiqqan. Qamoqdan çiqqaç, akasi Zokirning uyida vaqtinçalik yaşab turgan. Bu orada karçerda işlab ham kelgan, ammo işga mas'uliyatsiz yondaşgan. Uning özini tutişidan norozi bölgan akasi uni tez-tez koyib turgan, buning natijasida ikki orada kelişmovçilik yuzaga kelgan. Şunda Jalol akasining uyidan köziga köringan narsani olib, çiqib ketişni rejalaştirgan.

Bir safar u yolğizligida akasining bank plastik kartasini va planşetini topib olgan va uydan çiqib ketgan. Karçer böyiça şerigi Botirxon bilan plastik kartadagi pullarga kayfu safo qilgan, pul tugagaç, planşetni ham sotib yuborgan.

Bir neça kundan söng Zokirning uyiga kelgan öğli Mahmud planşetning yöqligini körgan. Zokir plastik kartasining yöqolganini ham aniqlagan. Gap nimadaligini tuşunib, tegişli taşkilotlarga murojaat qilgan.IIV xodimlari tez orada öğrini qölga olib, tergov harakatlaridan söng işni sudga oşirgan.