Toşkent şahrining Yunusobod tumanida istiqomat qiluvçi, 1978 yilda tuğilgan Bahodir Kamolov ukasiga bölgan eski adovati tufayli uning maşinasini olib qoçdi. Bu haqda “Ogoh” naşri xabar bermoqda.
Aytilişiça, öz maşinasida kira qilib yurgan Kamolov ukasi Mardon Kamolovning uyi yaqinidan ötayotib, uning “Jiguli”si köçada qoldirilganini körgan va uni olib qoçişga qaror qilgan. Maşinaning oynasini sindirib, eşigini oçgan va öt oldirib, olib qoçib ketgan. Maşina içida 500 dollar va 400 ming söm topgan. Bundan taşqari, avtomagnitola, örindiq ğiloflari va boşqa qismlarni yeçib olib, jami 500 dollarga sotib yuborgan.
Ertalab turib, maşinasining yöqligini körgan Mardon Kamolov tegişli idoralarga xabar qilgan. Tez orada jinoyatni uning akasi amalga oşirgani ma'lum böldi.
Ayni paytda tergov işlari davom etmoqda.






