Internet orqali savdo qiliş bilan şuğullanadigan Amazon.com kompaniyasi yarim ötkazgiçlar bozoriga kirganini ma'lum qildi. Onlayn reteyler uşbu bozorda öz uluşiga ega böliş uçun ötgan yili Isroilning Annapurna Labs startapini 350 mln dollarga xarid qildi.
Annapurna mutaxassislari Alpine protsessorlar silsilasini işlab çiqdi; ular ARMv7 va ARMv8 arxitekturalarida törttagaça hisoblaş yadrolarini öz içiga oladi. Çiplar routerlar, data-markazlar uskunalarida, multimedia kontenti translyatsiyasi uskunalarida, “buyumlar interneti” yeçimlarida va boşqa elektronikada işlatilişi mumkin. ASUS, Netgear va Synology singari işlab çiqaruvçilar öz mahsulotlarida allaqaçon Alpine platformasidan foydalanmoqda.

Bloomberg agentligining ma'lum qilişiça, Annapurna yaratgan mikrosxemalar yuqori samarador serverlarga möljallanmagan, ularda Intel protsessorlari yetakçilik qiladi; ular köproq kiçik quvvatdagi tizimlarga yönaltirilgan. Annapurna, şuningdek, çiplarni modifikatsiya qiliş va ularning imkoniyatlarini kengaytirişga möljallangan tuzatiş töplamlarini ham sota boşlaydi.






