Harman kompaniyasi avtomobillarga Microsoft Office 365 dasturlar töplamini örnatadigan jahondagi birinçi avtomobillar uçun köngiloçar tizimlar işlab çiqaruvçi böladi. Bu haqda kompaniya CES-2016 körgazmasida ma'lum qildi.

Ma'lum qilinişiça, avtomobillar Office 365 dasturlar töplamiga kiruvçi barça dasturlar – Word, Excel, PowerPoint va Skype dasturlari bilan ta'minlanadi. Haydovçi va yölovçi dastur yordamida xatlarga javob bera olişi, uçraşuvlarni belgilaşi va köçirişi, hattoki rulni qöldan uzmagan holda hujjatlarga tuzatişlar kiritiş mumkin böladi, bunga Microsoft Cortana ovozli yordamçisi yordamida erişiladi.

Bu tizim qaysi maşinalarda va qaçon paydo bölişi haqida ma'lumotlar berilmagan. Biroq, kompaniya bu borada Audi, BMW, Mercedes, Jeep, Toyota va hattoki mototsikllar işlab çiqaruvçi Harley-Davidson bilan işlayotgani ma'lum.