Chevrolet kompaniyasi 11 yanvarda Detroytda oçiladigan motorşouda yangi avlod Cruze xetçbekini taqdim etadi. “Sedan” kuzovli model esa ötgan yilning yozida taqdim etilgan edi, deya yozmoqda Motor.ru.

Xetçbek General Motors konsernining “Opel Astra” oilasi uçun foydalanib kelinayotgan yangi modul platformasi asosida qurilgan. Cruze modeli mazkur turkumdagi eng uzun ğildirak bazasiga ega böldi (2700 mm). Uning vazni esa avvalgi modelga qaraganda 91 kilogrammga yengilroq. Yukxonasining hajmi esa 524 litrni taşkil etib, orqa örindiqlar yiğiştirilgan taqdirda, 1189 litrgaça kengayişi mumkin.

Yangi model olti poğonali mexanik uzatmalar qutisi yoki olti diapozonli “avtomat” bilan juftlikda işlaydigan 153 ot kuçiga ega 1.4 turbo dvigatel bilan ta'minlanadi. Chevrolet Cruze tezligini soatiga yuz kilometrgaça oşirişi uçun sakkiz soniya talab qilinadi.
Xetçbek şu yilning kuzida sotuvga çiqadi va bir vaqtning özida 40ta bozorda sotiladi.







