Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumçisi Per-Emerik Obameyang özining «Arsenal» jamoasiga ötişi haqidagi xabarlarga munosabat bildirib ötdi.

«Men «Arsenal» safiga ötişni istamayman. Men Dortmundni yaqin vaqt içida tark etmoqçi emasman», degan gabonlik uşbu futbolçi ESPN naşri muxbiriga.

Bundan oldinroq, Afrikaning 2015 yildagi eng yaxşi futbolçisi sifatida mukofotlangan 26 yoşli futbolçiga «Arsenal» jamoasi 60 million yevro taklif qilgani haqida xabar berilgandi.

Dortmundliklar ham aynan şunça miqdordagi mablağ evaziga uşbu futbolçisini sotişga rozi bölişini bildirgandi.

Ma'lumot uçun, Obameyang joriy mavsumda bundesliganing 17ta uçraşuvida 18ta gol urgan va mavsumda «Oltin butsa» mukofoti uçun asosiy davogarlardan biri hisoblanadi.