Las-Vegasdagi CES-2016 xalqaro elektronika körgazmasida namoyişga qöyilgan Hackaball “aqlli” koptokçasi bolalarni dasturlaşga qiziqtiriş uçun barça yumuşlarni bajara oladi. Uni soçib taşlaş va qayta yiğiş, itqitiş mumkin. Şuningdek, koptokça özidan turli ranglarni çiqaradi va u bilan har xil fokuslarni amalga oşirsa böladi.

Hackaball içiga turli rangdagi LED-çiroqlar va harakat sensori joylaştirilgan. Ular dasturlaştirilgan bölib, uloqtirilganida yoki noqulay holda tutib turilganida ranglarni özgartiradi. Bolalarga dasturlaşni örgatişga möljallangan texnologik öyinçoq 85 dollar turadi.

Hackaball`ni iOS uçun işlab çiqilgan ilova yordamida dasturlaş va dizaynini özgartiriş ham mumkin.