Las-Vegasda davom etayotgan CES-2016 körgazmasida insonlarni taşişga möljallangan yirik hajmli Ehang 184 droni namoyiş etildi. Ehang kompaniyasi vakillarining ta'kidlaşiça, Personal Flying Vehicle (PFV – şaxsiy uçuvçi harakat vositasi) nomli mazkur uskuna şu yildan sotuvga çiqariladi.
Tört qölli va sakkiz parrakli uşbu 184 uskunasi bir kişini kötara oladi. Şu bilan birga, dronni yölovçining özi boşqara olmaydi, dron aynan masofadan, boşqa joydan boşqariladi.
Gadjyet 3 ming m balandlikka kötarilişi, 100 km/soat tezlikka çiqişi mumkin. U konditsionerga, 4G-modemga va katta displeyga ega; yölovçidan taşqari, uning bortiga bitta ryukzakni siğdiriş mumkin. Agar dron kursdan adaşsa, avtomatik tarzda favqulodda qönişni amalga oşiradi.
EHang AQŞda barça 184 modellarini boşqarişning yagona markazini qurişni rejalaştirmoqda. Dron narxi 200-300 ming dollarga baholanmoqda.






