Moskva viloyatidagi Belgorod şahri şifoxonasining qabul bölimida bemor halok böldi, deb xabar beradi “360 Podmoskove” telekanali. Kamera yozuvi 29 dekabr kuni internetda çop etilgan bölsa ham, voqealar qaçon sodir bölgani aniq emas.
Videolavhada körinişiça, bemorni dastlab ayol şifokor közdan keçirgan, şundan söng kabinetga erkak şifokor va bir qiz kirgan.
Şifokor bemor bilan nimalarnidir gaplaşganidan söng ular örtasida muştlaşuv boşlanib ketgan. Muştlaşuvga bemorning şerigi ham qöşilgan.
Bemor bitta zarbadan söng yerga qulab, qaytib turmagan, uning şerigi esa şifokor ketganidan söng turgan.
Bemorni jonlantirişga bölgan urinişlar natija bermagan; aytilişiça, bemor öşa yerning özida olamdan ötgan.






