2015 yil boşidan buyon Qozoğiston aholisi 1.3 foizga yoki 246.5 ming kişiga ortib, 1 dekabr kuni 17 mln 651.4 ming kişiga yetdi. Bu haqda respublika milliy iqtisodiyot vazirligi qoşidagi statistika qömitasi xabar berdi.
Çop etilgan statistik ma'lumotlarda körsatilişiça, şahar aholisi soni hisobot davrida 1.9 foizga ösib, 10.053 mln kişini taşkil qilgan bölsa, qişloq aholisi 0.7 foizga ortgan va 7.599 mln kişiga yetgan.






