Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi “Barselona” klubining urugvaylik hujumçisi Luis Suaresni Ispaniya kubogi doirasida "Espanol" jamoasiga qarşi ötkazilgan öyindagi xatti-harakatlari uçun turnir doirasidagi 2 öyindan çetlaştirdi. Bu haqda kataloniyaliklar jamoasi rasmiy saytida ma'lum qilingan.

6 yanvar kuni ötkazilgan “Barselona” va “Espanol” uçraşuvidan keyin bellaşuv hakami Xuan Martines Munuera qaydnomada Suaresning öyin vaqtida hamda öyindan keyin özini nomaqbul tutgani haqida bildirib ötgandi.

Bundan oldinroq, futbolçi raqibga irqiy kamsituvçi sözlar işlatgani gumonlanayotgani haqida xabar berilgandi.

Endilikda futbolçi kubok doirasida "Espanol"ga qarşi javob uçraşuvini hamda "Barselona"ning turnirdagi keyingi öyinini ötkazib yuboradi. Kataloniyaliklar birinçi öyinni 4:1 hisobida öz foydasiga hal qilişgandi.

Qayd etiş kerakki, "Barselona" bu qaror ustidan şikoyat qilişi mumkin.

Hakam: Suares "Espanol" öyinçilarini axlat deb atab, janjal keltirib çiqardi

Suares irqçilik ruhiyatidagi haqorat işlatganlikda ayblanmoqda