Jahon boks Assotsiatsiyasi (WBA) amerikalik yengilmas boksçi Floyd Meyvezerni kamardan mahrum qildi. Ötgan yilning sentabrida Andre Bertoga qarşi ötkazilgan 12 raundlik jangdan keyin yengilmas boksçi sifatida faoliyatini yakunlagan Floyd Meyvezer bundan oldinroq WBC (World Boxing Council - Butunjahon boks uyuşmasi) kamaridan mahrum qilingandi.

WBA prezidenti Jilberto Mendosaning ma'lum qilişiça, fevral oyidan boşlab ikki kamar ham böş hisoblanadi.

"Meyvezer şu yilning yanvari oxirida jahon çempioni maqomini töxtatadi. Bu titullar Keyt Truman va Erislendi Lara tomonidan egallanişi kutilmoqda", deydi Jilberto Mendosa.

2015 yilning 3 may kuni AQŞning Las-Vegas şahridagi “MGM Grand” arenasida yarim örta vazn toifasi WBC, WBA va WBO yönalişlari çempionlik kamari uçun zamonamizning ikki buyuk jangçisi – Floyd Meyvezer va Menni Pakyao örtasida “Asr jangi” ötkazildi. Jang yakunida hakamlar AQŞ vakili Meyvezer 118-110, 116-112, 116-112 hisoblarida ğalaba qilganini ma'lum qilişdi.

12 sentabr oqşomida esa Las-Vegasdagi Grand Garden Arenada 66,68 kg.gaça vazn toifasining Butunjahon boksçilar assotsiatsiyasi (WBA) va Butunjahon boksçilar kengaşi (WBC) yönalişlari böyiça jahon çempionligi uçun Andre Bertoga qarşi keçgan bahsda, 12 raund yakunlariga köra Meyuezer ğalaba qozondi.
Bu orqali u afsonaviy boksçi Rokki Marçianoning 49 jangdan iborat ğalabali seriyasini takrorladi.

Şu tariqa, 38 yoşli boksçi faoliyatini "yuqori nota"da yakunladi.