Barçasi eng yaqin döstimning töyidan bir hafta muqaddam boşlandi. Öşanda mendagi çarçaş va asabiylaşiş yuqori çöqqiga çiqqandi. Men umuman uxlay olmayotgandim. Bularga sabab töyda tabrik uçun çiroyli nutq tayyorlaş taşvişidan edi. Uyatçanligim va köpçilik içida bunday işni qiliş men uçun dahşat edi, şu bois oromim yöq edi.

Ana şundan tunni tongga ulab ötkazgan kunlarimdan söng taşvişim haqida bir tanişimdan maslahat söradim. U menga yordam beradigan bir metodika haqda sözlab berdi. Men uning gaplariga işondim. Çunki u köpni körgan, ziyoli, ahloq-odobda ham birovdan kam joyi yöq inson edi. Rostini aytadigan bölsam, uning sözlariga kirib kam bölmadim!

Bu metodikani “4-7-8” şaklida eslab qolsa ham böladi.

Qilinişi kerak bölgan işlar:

  • 4 soniya davomida burundan nafas oling.
  • 7 soniya vaqt içida nafasingizni uşlab turing.
  • Şundan söng 8 soniya vaqt mobaynida oğzingizdan nafas oling.

Xammasi juda oddiy. Bu nafas maşqi yurak uruşini me'yorga keltiradi va sizni tinçlantiradi. Bu usul ğayritabiiy köringani bilan sizga tez yordam beradi, faqat uni bir neça marotaba takrorlaş kerak xolos.

Bu qanday yordam beradi?

Men bu usulni amaliyotda qöllab körişga şoşilardim. Ertasi kuni örnimdan turişdan oldin uş maşqni bajardim va 8 soniyaga yetmay turib, özimni yaxşi his eta boşladim.

Bu uslubning ta'siri haqida nima bilib oldim? Özingizda tuşkunlik va diqqatpazlikni his etsangiz, qoningizdagi adrenalin miqdori oşib ketadi, töğri nafas olib-çiqariş esa, tezda va samarali ta'sir körsatadi. Tanişim örgatgan bu usul xuddi yuqori sifatli dori vositasidek menga judayam yaxşi ta'sir körsatdi. Nafasni uşlab turiş va uni sekinlik bilan çiqariş, yurak urişi ritmini me'yorlaştiradi. Bu — fiziologiya.

Bundan taşqari bu taktika aqlingizni sokinlaştiradi. Çunki nafas olib çiqarişingiz uçun (uşbu uslubda) ularni sonini sanaş uçun fikringizni bir joyga jamlaşingiz lozim böladi. Aynan öşa paytda buning samarasini his etmaysiz, lekin markaziy asab tizimingiz bundan rohatlanadi va sizdagi diqqatpazlik holati çekinadi. Işonmasangiz istalgan va özingiz işongan nevrologdan uşbu usul haqida sörang. U buni tasdiqlaydi.

Bu usullar natijasida butun tanangiz anglab bölmas rohat bilan qoplanadi. Bu rohatning nomi — xotirjamlik. Ta'sir qiliş tezligi, xuddi sizni behuş odamga öxşatib qöyadi.