Taassurot — ğaroyib tuyğu. U xotira qat-qatiga singib ketadi va qaçondir yuzaga qalqib çiqadi. Şunda xotira birdan harakatga keladi. Şunday joylar borki, u yerlarning taassuroti butun tuyğularimizni jönbuşga keltiradi, tahayyul ummonida sayr ettiradi. Ularning suratlarini köriş kifoya, içingizdan bir ovoz keladi: “Ha, ha, men istagan joy şu yer. Bu yerda bölişni orzu qilganman, unga intilganman...”. Hayot qayğulari qiynab qöygan insonlar bilan suhbatlaşsangiz, ularning aksari bir xil gap aytişadi: “Qani endi, heç kim yöq joyga ketib qolsam”. Quyidagi suratlar sizni ana şunday manzillar tomon olib boradi.
Xabardor.uz özining jondan aziz körguvçi öquvçilariga ana şunday maskanlarning suratini jamlab, ular e'tiboriga havola etişga jazm etdi. Suratlar sizni orzularingiz tomon yetaklaydi, ozroq bölsada horğin dunyo çegarasidan çiqib, kengliklar sari, ha öşa siz istagan kengliklar sari olib ketadi. Şunçaki ularni tomoşa qiling va orzu qilişdan töxtamang...























