Apple kompaniyasi foydalanuvçilar uçun öz ma'lumotlarini Android platformasiga osonron ötkazişga imkon beruvçi vosita ustida işlamoqda, deya xabar berdi The Telegraph.

Bunday qaror kompaniyaga Yevropa aloqa operatorlari tomonidan köp marotaba murojaatlar kelib tuşganidan söng qabul qilindi. Axborot manbasining sözlariga köra, Apple mazkur qadamga norasmiy tartibda rozi bölgan, kompaniya rasmiy bayonotni amalga oşirmadi.

Mobil operatorlar foydalanuvçilar Apple qurilmalaridan Android boşqaruvli uskunalarga muhim ma'lumotlarni köçirib ötkaziş texnik jihatdan qiyin bölgani va ularni yöqotib qöyişdan çöçiyotgani sababli ötişmayotganidan xavotir olmoqda.

Aynan şu holat Apple`ga bozordagi vaziyatni öz nazorati ostida saqlaşga imkon berayotgan edi. Ta'kidlanişiça, kompaniya uçun bu holat Stiv Jobsning “foydalanuvçilarni ekotizimimiz doirasida uşlab turiş” zarur, degan vasiyatiga zid hisoblanadi.