O‘zbekiston | 16:59 / 11.01.2016
7140
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Alyaskaga ilk charter dasturini amalga oshirdi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Alyaskaga birinchi charter dasturini amalga oshirdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, ushbu dasturga muvofiq, O‘zbekiston milliy aviatashuvchisining Boeing-757 avialaynerida 540 nafar yaponiyalik sayyoh AQShning Alyaska shtatida joylashgan Ferbenks shahriga yetkazilgan.

Parvozlar Yaponiyaning uchta, Osaka, Tokio va Nagoya shaharlaridan amalga oshirildi. Mazkur dastur MAKning tijorat departamenti va Yaponiyaning InterAvation sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan.

Qayd etib o‘tish joiz, Toshkent—Osaka—Tokio—Nagoya—Ferbenks—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bunday murakkab reys birinchi marta amalga oshirildi.