YuNeSKO 2026 yil 19 iyul kuni oçiladigan Butunjahon merosi qömitasining 48-sessiyasi uçun tayyorlangan hisobotida Rossiyada qurilişi rejalaştirilgan ikki yirik osmonöpar bino - «Laxta Tsentr – 2» va «Laxta Tsentr – 3» loyihalariga tanqidiy baho berdi.
Hisobotda ta’kidlanişiça, balandligi 555 metr va 703 metr bölişi rejalaştirilgan uşbu binolar Sankt-Peterburgning asrlar davomida şakllangan maşhur osmon çiziğini özgartiradi. Şuningdek, ular Neva daryosi va Fin körfazi tomon oçiladigan tarixiy panoramalarga ham salbiy ta’sir körsatişi mumkin.
YuNeSKO mutaxassislari Rossiya hukumatini mazkur quriliş loyihalarini qayta körib çiqişga çaqirgan. Ekspertlar fikriça, agar quriliş rejasi amalga oşirilsa, bu Sankt-Peterburg tarixiy markazining «Xavf ostidagi Butunjahon merosi» röyxatiga kiritilişi uçun asos bölişi mumkin.
Taşkilotning baholaş missiyasi 2026 yil boşida Sankt-Peterburgda iş olib borgan. Mutaxassislar «Laxta Tsentr – 2», «Laxta Tsentr – 3» hamda boşqa yirik quriliş loyihalarini örganib, ularning şaharning tarixiy muhitiga ehtimoliy ta’sirini tahlil qilgan.
Loyihalarga muvofiq, yangi osmonöpar binolar Yevropadagi eng baland bino hisoblangan 462 metrli «Laxta Tsentr» yonida qad rostlaşi rejalaştirilgan. Quriliş işlarini 2031–2033 yillar oraliğida yakunlaş közda tutilgan.
Agar 703 metrli «Laxta Tsentr – 2» qurib bitkazilsa, u dunyodagi ikkinçi eng baland bino maqomini egallaydi. Bu holda u hozirda 678,9 metr balandlikka ega bölgan Malayziyaning Merdeka 118 minorasini ortda qoldiradi. Dunyodagi eng baland bino maqomi esa hozirça Birlaşgan Arab Amirliklaridagi 828 metrli Burj Khalifaʼga tegişli bölib qoladi.
YuNeSKOning yakuniy tavsiyalari Butunjahon merosi qömitasining 48-sessiyasi muhokamalari davomida körib çiqilişi kutilmoqda.
YuNeSKO Rossiyadagi ulkan osmonöpar binolar qurilişiga qarşi çiqdi
08:28 / 20.07.20266 4412 min
YuNeSKO Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida qurilişi rejalaştirilgan «Laxta Tsentr – 2» va «Laxta Tsentr – 3» osmonöpar binolari loyihalarini qayta körib çiqişga çaqirdi. Taşkilot ekspertlari uşbu inşootlar şaharning tarixiy qiyofasi va YuNeSKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan madaniy merosiga salbiy ta’sir körsatişi mumkinligini ta’kidlamoqda.













