Poytaxtimizdagi “Promxim Impex” MÇJ sanoatning turli jabhalarida keng qöllaniladigan karboksilmetilsellyuloza işlab çiqarişni muvaffaqiyatli tarzda yölga qöydi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi ma'lumotiga asoslanib 12newsyugya xabar bermoqda.
Mazkur mahsulotdan yuviş vositalari işlab çiqarişda, mis-nikel va kaliyli rudalarni töyintirişda, neft-gaz va sanoati va boşqa sohalarda sorbent sifatida foydalaniladi.
Burğulaş aralaşmalarida karboksimetilsellyuloza (KBTs) loyli suspenziyalar (biror moddaning boşqa suyuq modda içida mayda zarra yoki tomçi holida suzib yuradigan eritmasi) özgarişini töxtatib turuvçi stabilizator örnida qöllaniladi.
Mazkur mahsulotning eksport geografiyasi qöşni Qozoğiston va Rossiya neft_gaz hamda quriliş sanoati hisobiga kengaymoqda. Garçi mazkur mamlakatlarda mahalliy işlab çiqaruvçilar mavjud bölsa ham, ularning barçasi sifatli paxta tsellyulolazi importiga qaram. Bu esa KMTs tannarxining ortişiga olib keladi.
Bundan taşqari, u Xitoy va Yevropa mamlakatlaridan katta miqdorda import qilinadi.
Quduqlar burğulaşda keng qöllaniluvçi karboksilmetilsellyuloza Namangan va Navoiy viloyatlarida ham işlab çiqariladi.






