Toşkentdagi Sardor avto dilerlik markaziga tegişli "Avtosalon- Avtoritet" savdo-körgazma zalida Rossiya va Fransiya mutaxassislari bilan hamkorlikda yaratilgan “Lada Vesta” (Lada Vesta) avtomobilining savdosiga start berildi.
Kun.uz`ning oydinlik kiritişiça, ayni Lada Vesta sedani klassik, komfort va lyuks komplektatsiyada savdoga çiqarilgan bölib, mexanik tezlik uzatmalar qutili namunasining narxi 10,700 dollardan boşlanadi. “Avtomat”larning bahosi esa 11700 dan 13400 dollargaçani taşkil etadi.
“Lada Vesta” (Lada Vesta) — tolyattilik muhandislarning fransuz mutaxassislari bilan hamkorlikdagi şaxsiy işlanmasi hisoblanadi. Butkul yangi platforma avtomobil uzunligini oşiriş hamda yölovçilarga qulaylik yaratişga imkon berdi.

“Lada Vesta”ning dastlabki namunalari sedan kuzoviga ega bölsa ham, keyinçalik universal hamda xetçbeklari ham işlab çiqariş rejalaştirilgan. Lada Vesta bozorga 1,6 litr hajm va 106 ot kuçiga ega benzinli dvigatel bilan çiqariladi.







