Iroq poytaxti Bağdod şahrining janubi-şarqidagi Nahravan tumanida terakt sodir etildi. Politsiya va şifokorlarning ma'lumotiga köra, sunniylar istiqomat qiluvçi bu hududdagi portlaş tufayli 7 kişi halok bölgan va 15 kişi jarohatlangan.

Bundan oldinroq, Bağdoddan 80 km masofadagi Al-Miqdadiya şahrida (Diyala viloyati) terakt sodir etilişi tufayli 20 kişi halok bölgani haqida xabar berilgandi.

Bugun şuningdek, Bağdoddagi şialar mavzesidagi savdo markaziga hujum uyuştirilib, odamlar garovga olindi.

Bu uç teraktning jami qurbonlari soni 40 nafarga yetdi.

Bu teraktlar uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan.

Jangarilar Bağdoddagi savdo markazini garovga oldi

Iroqda 2 marta portlaş yuz berişi natijasida 20 kişi halok böldi

Bağdoddagi savdo markazida garovga olinganlar ozod etildi