Iroq poytaxti Bağdod şahridagi savdo markaziga noma'lum şaxslar tomonidan uyuştirilgan hujumdan keyin garovga olinganlarni ozod etiş böyiça amaliyot yakunlangan.

Frans Press agentligining Bağdod şahri politsiyasiga asoslanib xabar berişiça, savdo markazi binosi hududidan 70 nafarga yaqin kişi ozod qilingan.

"Xavfsizlik xizmati xodimlari binoda nazoratni qölga olgan, hujum uyuştirgan şaxslar yöq qilingan, garovdagilar ozod etilgan", deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq, Bağdod şahrining şialar yaşovçi hududida joylaşgan savdo markazi binosi oldida avtomobil portlaşi va otişma uyuştirilişidan keyin bino qurolli guruh qöliga ötgani haqida xabar berilgandi.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, bu hujum tufayli 12 kişi halok bölgan va 27 kişi jarohatlangan.

Jangarilar Bağdoddagi savdo markazini garovga oldi