Bugun Şveytsariyaninng Tsyurix şahridagi Zurich’s Kongresshaus muhtaşam saroyida 2015 yilning yaxşilari taqdirlanadi. Ular qatorida "Oltin töp" (Ballond'Or) sovrindori ham mukofotlanadi.
Hozirda bu sovrin uçun da'vogar uç nafar futbolçi qolgan: "Barselona" hujumçilari Lionel Messi va Neymar hamda "Real" hujumçisi Kriştianu Ronaldu. Messi bu mukofotni 2009-2012 yillar oraliğida 4 marta qölga kiritgan. Ronaldu esa şu vaqtgaça 3 marta yilning eng yaxşi futbolçisi sifatida taqdirlangan.
“Oltin töp”ga nomzodlarni FIFA hamda France Football jurnali hamkorlikda aniqlaydi. Ular 23 familiyadan iborat röyxatni tuzişadi, şundan söng ovoz beriş boşlanadi, unda terma jamoalarning boş murabbiylari, jamoa sardorlari va nufuzli sport jurnallari iştirok etadi.
Ovoz beruvçilar 3 nafar eng yaxşi nomzodni tanlaydi, yil futbolçisiga ma'lum bir miqdorda ballar beriladi: birinçi öringa 5 ball, ikkinçi öringa 3 ball va uçinçi öringa 1 ball. Hisob-kitoblardan keyin finalçilar uçligi aniqlanadi.

Bundan taşqari, marosimda ötgan yilning eng yaxşi murabbiyi, ötgan yilning eng çiroyli goli, ötgan yilning eng yaxşi ayol futbolçisi hamda yil terma jamoasi e'lon qilinadi.
Eslatib ötamiz, marosim Toşkent vaqti bilan soat 22.30da boşlanadi.






