O‘zbekiston | 15:31 / 12.01.2016
3811
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyat FVBning aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi binosi mukammal ta'mirlandi

Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida Farg‘ona viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi binosi mukammal ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA muxbiri M.Sulaymonov xabar bermoqda.

Xabarda keltirilishicha, “Quvasoyta'mirqurilish” mas'uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari tomonidan ta'mirlangan bino ko‘rkam qiyofa kasb etib, zamonaviy jihozlar bilan ta'minlandi.

– Bunday zamonaviy bino bizning ishimiz samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, – deydi markaz rahbari I.Isroilov. – Aholini tabiiy va texnogen tusdagi hodisalar va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish tobora dolzarb vazifaga aylanmoqda. Markazda tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlaridan asosiy maqsad ham aholi va rahbarlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmasini oshirishdir. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev so‘zga chiqdi.