Noma'lum şaxslar guruhi Bağdod şahrining al-Jadid tumanidagi savdo markazlaridan biriga bostirib kirdi. Reyter agentligi xabariga köra, noma'lum şaxslar bino eşigi oldida avtomobil portlatib, bostirib kirişgan va otişma boşlaşgan.

Iroq huquqni muhofaza qiliş organlari ma'lumotiga köra, portlaş tufayli 10 kişi halok bölgan va 20 nafardan ortiq kişi jarohatlangan. Şuningdek, bostirib kiruvçilar odamlarni garovga olgan.

Ayni vaqtda garovda neça kişi borligi haqida ma'lumotlar yöq.

Ma'lum qilinişiça, bu savdo markazi şaharning şialar yaşaydigan qismida joylaşgan. Savdo markazi binosini maxsus xizmatlar xodimlari örab ola boşlaşgan.