Lexus kompaniyasi sportkar taqdim etdi. 2012 yilda taqdim etilgan LF-LC sportkarining LC 500 nomini olgan seriyali versiyasi debyuti Detroytdagi avtosalonda ötkazildi.

Model yangi GA-L platformasi negizida qurilgan. Uning gabarit uzunligi 4760 mm ni, kengligi 1920 mm ni, balandiligi esa 1345 mm ni taşkil qiladi. Ğildirak bazasi 2870 mm ga teng. Sportkar BMW 6-Series kupesidan 134 mm ga kaltaroq, 26 mm ga kengroq va 24 mm ga pastroqdir.

Sportkar massasi öq böylab 52ga 48 foiz taqsimlanadi, oldi ğildirakka massasi biroz köproq qismi töğri keladi. Bunga erişiş uçun konstruksiyada yengil materiallardan (eşik va tomda karbon, yukxona polida esa kompozit materiallari) foydalanildi, şuningdek, akkumulyator yukxonaga ötkazildi.

Lexus LC 500 uçun faqat bitta, 5 l li 8 silindrli dvigatel taklif qilinmoqda. Bunday motor RC F kupesida va GS F sedanida qöllangan edi. Yangi sportkarda motor 473 ot kuçiga qadar kötarila oladi.

Lexus LC 500 motori faqat 10 bosqiçli avtomatik ötkazmalar qutisi bilan uyğunlikda işlaydi. Maşina joyidan 100 km/soat tezlikka 4.5 sekundda çiqadi. Maksimal tezligi ma'lum emas.







