FIFAning yillik taqdimot marosimi yakuniga yetdi. Marosim sönggida "Oltin töp" sohibi aniqlandi.
Bu sovringa Lionel Messi, Kriştianu Ronaldu va Neymar da'vogarlik qilgandi.
Ötkazilgan sörovnoma natijasida Kataloniyaning "Barselona" klubining argentinalik hujumçisi Lionel Messi 2015 yilning eng yaxşi futbolçisi deb topildi.
FIFA hamda France Football jurnali ötkazgan sörovnomada qatnaşgan murabbiylar, terma jamoa sardorlari hamda jurnalistlarning köpçilik qismi Lionel Messiga ovoz berişgani ma'lum böldi.
FIFA matbuot xizmati axborotiga köra, milliy terma jamoalarning murabbiylari, sardorlari va matbuot kotiblari örtasida ötkazilgan sörovnoma yakunlariga köra, Lionel Messi 41,33 foiz, Madridning "Real" klubi hujumçisi, portugaliyalik Kriştianu Ronaldu 27,76 foiz, Messining klubdoşi, braziliyalik Neymar esa 7,86 foiz ovoz töpladi.
Ğolibga "Oltin töp"ni afsonaviy futbolçi Kaka topşirdi.

Eslatib ötamiz, Messi bunga qadar 2009, 2010, 2011, 2012 yillarda jahonda tengsiz futbolçi deb topilgan edi. Endi u beş marta "Oltin töp" sohibi bölgan dunyodagi yagona futbolçi.
Kriştianu Ronaldu, şuningdek, ötmiş yulduzlari — Marko van Basten, Mişel Platini va Yohan Kroyff kabi futbolçilar uç martadan «Oltin töp»ni qölga kiritgan.







