Xiaomi kompaniyasi Xitoyda 5 dyuymli Redmi 3 smartfonining rasmiy namoyişini ötkazdi. Yaxşigina imkoniyatlarga ega smartfon 105 dollarga baholandi.

Yangi smartfon tasvirlar ravşanligi 720p`ga teng bölgan 5 dyuymli sensor displey, 8 yadroli, Adreno 405 grafik tezlatkiçli Qualcomm Snapdragon 616 protsessori, 2 Gbayt operativ, 16 Gbayt doimiy xotiraga ega. Unga 128 Gbaytgaça hajmli microSD xotira kartalarini örnatiş mumkin.

Smartfonning f/2 diafragmali va PDAF fazaviy avtofokusli orqa kamerasi 13 Mp bölsa bor-yöği 0,1 soniya içida fokus oladi. Selfi va videoçatlar uçun esa 5 Mp li old kamera örnatilgan.

Xiaomi Redmi 3 smartfoni ikkita SIM-kartani qöllab-quvvatlaydi. Biroq ulardan biri microSD uçun slot bilan ustma-ust tuşgan.
Batareyasining hajmi 4100 mA•soat bölib, tezlaştirilgan quvvatlaş funksiyasi yordamida smartfonning suhbat rejimi avvalgi şu turkumdagi smartfonga qaraganda 80 foizga oşgan. Metall korpusli smartfonning hajmi 139,3 × 69,6 × 8,5 mm, vazni 144 grammni taşkil etadi. Smartfon Android 5.1 Lollipop operatsion sistemasi asosida işlaydi.

Xiaomi Redmi 3 12 yanvar kuni uç xil rangda Mi.com sayti va Tmall internet-dökonida savdoga çiqariladi.