FIFAning Tsyurixdagi ştab-kvartirasi hududidagi jurnalistlar "Oltin töp" uçun nomzodlari Ronaldu va Messidan keyin uçinçi nomzod, "Barselona" futbolçisi Neymardan intervyu olişdi.
Kuçli uçlikka kirgani haqida
Men bu marosimda bu ikki ajoyib, meni hamişa hayratga solgan futbolçilar bilan birga turganimdan juda baxtiyorman. Umid qilamanki, bu yergan yana qaytaman. Umid qilamanki, jamoamiz ğalaba qilişda davom etadi va men yana kuçli uçlikka kiraveraman.
Öz natijalarimdan qoniqaman. Natijalarim uçun Messi va boşqa jamoadoşlarimga minnatdorçilik bildirişim kerak.
Messi va Ronaldu haqida
Öylaymanki, biz har birimiz alohida maqsadga egamiz va har kimning öz tarixi bor. Bu ikki futbolçi öziga xos tarix yaratgan. Agar Messi va Ronaldudan nimadir oliş kerak bölsa ikkisidan bittadan oyoq olardim.
Messi haqida
Men nafaqat uning maydondagi harakatlaridan, balki uning insoniylik fazilatlaridan hayratga tuşaman. Messi men uçun kumirdir. U 9 marta "Oltin töp" uçun nomzod böldi. Bu men uçun ajoyib örnak. Men unga öxşaşga harakat qilaman va u kabi rekordlar örnatişni maqsad qilaman. Umid qilamanki, uni takrorlay olaman.






